Maktab avtobusi xizmati faqat Mirobod filialimizda mavjud.

Maktab avtobusi o’quvchilarni uyiga eng yaqin bo’lgan bekatdan olib ketib, o’qishdan so’ng qaytarib olib keladi. Avtobus xizmatining afzalligi shundaki, bunda ota-ona bolani maktabga olib borish va olib kelish tashvishidan qutuladi va ko’proq o’ziga, oilasiga vaqt ajratish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayniqsa ishli ota-onalar uchun bu juda qulay.

Avtobus Toshkent shahri bo’ylab qatnaydi. Avtobus xizmati uchun alohida haq to’lanadi, 2020-2021 o’quv yili uchun avtobus xizmati narxi 450 ming so’m etib belgilangan.